Xitoy, Germaniya, Chexiya, Qatar va BAAdan tashrif buyurgan elchilar AIRITOM Free Zonega tashrif buyurdilar.

Xitoy, Germaniya, Chexiya, Qatar va BAAdan tashrif buyurgan elchilar AIRITOM Free Zonega tashrif buyurdilar. Delegatsiya a’zolari O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Afg‘onistonning vakili Ismatilla Irgashev hamrohligida erkin zonaning konsepsiyasi bilan tanishdilar.

Tashrif davomida mehmonlar — @hgi_termez_airitom mehmonxonasini, @akfa_medline_airitom tibbiyot klinikasini, biznes maktabini, yirik savdo markazini, restoranlar, hostel, ishlab chiqarish tsexlarini, shuningdek, logistika markazini ko‘zdan kechirdilar. Delegatlarga erkin zonada mavjud shart-sharoitlar, imkoniyatlar va amaldagi imtiyozlar namoyish etildi. Shuningdek, ular, O‘zbekiston va Afg‘onistonni Amudaryo orqali bog‘lab turgan «Hayraton» ko‘prigi bilan ham tanishdilar.

Shundan so’ng elchilar AIRITOM Logistics transport-logistika markaziga tashrif buyurishdi. Mazkur markaz 50 gektarga yaqin yer maydonida joylashgan bo‘lib, har biri 6 ming kvadrat metrga teng bo‘lgan to‘rtta angarni o‘z ichiga oladi, omborlarning umumiy sig‘imi esa 1,5 ming tonnani tashkil etadi. Ushbu transport-logistika markazi O‘zbekistondan tovarlarni qo‘shni davlatlar va xalqaro bozorlarga xavfsiz hamda ishonchli yetkazib berishda muhim rolga egadir.

AIRITOM Free Zone xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga yo‘naltirilgan. Ushbu hamkorlik O‘zbekiston va ishtirok etayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlabgina qolmay, balki biznes uchun va mintaqaga investitsiyalar kiritilishida yangi imkoniyatlarni yaratadi. Erkin zonadagi infratuzilmalarni rivojlantirish hamda tadbirkorlar uchun yaratilgan qulayliklar, yangi investorlarni jalb qilishga va mamlakatda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga xizmat qilishi

Hurmatli vazir zonadagi amalga oshirilayotgan joriy faoliyat, shuningdek, afg‘onistonlik tadbirkorlar hamda mehmonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. U erkin iqtisodiy zonada ishlarning tashkil etilish darajasini yuqori baholab, “AIRITOM Free Zone”ni kelgusida yanada rivojlantirish maqsadida amalga oshiriladigan ishlarda har tomonlama ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini ta’kidlab o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi, Surxondaryo viloyati, Termiz shahri

AIRITOM FREE ZONE  ijtimoiy tarmoqlarda:

Barcha savollaringiz bo‘yicha professional konsultatsiya va javoblar oling.

Talabnomangizni yuborganingiz uchun tashakkur!

Yaqin vaqt ichida operatorimiz siz bilan bog‘lanadi.

Barcha savollaringiz bo‘yicha professional konsultatsiya va javoblar oling.

Assalomu alaykum! Men virtual yordamchiman.
Sizga qanday yordam bera olaman?

Biz shahar markazidan 12 km uzoqlikda, Termiz tumani «Ayritom» mahallasidagi «Xayraton» chegara posti yonida joylashganmiz. Qulaylik uchun majmuamizgacha bepul avtobuslar qatnab turibdi. Yoningizda shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatingiz yoki pasportingiz bo‘lishi talab etiladi!

Do‘konlar faqat ijara asosida taqdim etiladi. Do‘konlar faqat ijaraga beriladi. Tadbirkorlar quyidagi hujjatlarga ega bo‘lishlari lozim: firma guvohnomasi, bank rekvizitlari, ishonchnoma (agar direktorning o‘rniga harakatni vakil amalga oshirayotgan bo‘lsa), shuningdek, kompaniyaning muhri. Quyidagi imtiyozlar ko‘zda tutilgan: 12% soliqni qaytarish va faoliyatni boshlash uchun 2 oygacha bepul ijara. Bozor eksport va importga yo‘naltirilgan bo‘lib, tadbirkorlar uchun mahsulotlarni o‘zlari tanlagan istalgan mamlakatlarga eksport qilish imkoniyatini yaratadi.

Do‘konlar AIRITOM Free Zone ma’muriyati shartlariga muvofiq faqat ijara shartlari asosida taqdim etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari pasport yoki shaxslarini tasdiqlovchi hujjat bilan AIRITOM Free Zonega bemalol tashrif buyurishlari mumkin. Barcha sotib olingan mahsulotlar belgilangan miqdor doirasida bojxona orqali to‘siqlarsiz olib chiqilishi mumkin.

Rezyumengiz va aloqa ma’lumotlaringizni @Airitom_HR telegram akkauntimizga yuboring yoki +998 77 066 11 33 raqami orqali biz bilan bog‘laning. Biz siz bilan aloqaga chiqib, mavjud ish o‘rinlari yuzasidan ma’lumot beramiz!

AIRITOM Free Zone – bu erkin iqtisodiy savdo markazi, shuningdek, «Hilton» mehmonxonasi, xostel, «Akfa Medline» klinikasi, «Ramiz» va «Meros» restoranlari hamda zarur bo‘lgan barcha qulay sharoitlarni o‘z ichiga olgan ko‘plab funksiyalarga ega hududdir!

AIRITOM Free Zonening boshqa bozorlarga nisbatan afzalligi shundaki, bu yerda tadbirkorlar nafaqat o‘z mahsulotlarini sotishlari, balki qo‘shni davlatlarga ham eksport qilishlari mumkindir. Shuningdek, bu yerda bozor tomonidan taqdim etilayotgan keng imkoniyatlardan foydalangan holda qulay biznes yuritish va uni yanada rivojlantirish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.