Ko‘rgazmada dunyoning 14 mamlakatidan 70 dan ortiq kompaniyalar qatnashib, ushbu jihat ko‘rgazmani transport va logistika sohalarida tajriba almashish hamda eng so‘nggi yutuqlarni namoyish etish uchun samarali maydon bo‘lishini ta’minladi.
AIRITOM Logisticsning ushbu tadbirdagi ishtiroki uning O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi mintaqaviy yuk tashish logistikasini rivojlantirishga bo‘lgan intilishini ko‘rsatadi, bu esa Markaziy Osiyodagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va transport yo‘nalishlar samaradorligining oshirilishiga xizmat qiladi.
TransLogistica Uzbekistan 2024 ko‘rgazmasi logistika tizimlarining takomillashtirilishi, transport infratuzilmasining rivojlantirilishi hamda investitsiyalar jalb qilinishi uchun zamin yaratib, bozor yetakchilarini va xalqaro soha mutaxassislarini o‘zaro birlashtirdi.
O‘zbekiston Respublikasi, Surxondaryo viloyati, Termiz shahri
AIRITOM FREE ZONE ijtimoiy tarmoqlarda:
Yaqin vaqt ichida operatorimiz siz bilan bog‘lanadi.

Biz shahar markazidan 12 km uzoqlikda, Termiz tumani «Ayritom» mahallasidagi «Xayraton» chegara posti yonida joylashganmiz. Qulaylik uchun majmuamizgacha bepul avtobuslar qatnab turibdi. Yoningizda shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatingiz yoki pasportingiz bo‘lishi talab etiladi!
Do‘konlar faqat ijara asosida taqdim etiladi. Do‘konlar faqat ijaraga beriladi. Tadbirkorlar quyidagi hujjatlarga ega bo‘lishlari lozim: firma guvohnomasi, bank rekvizitlari, ishonchnoma (agar direktorning o‘rniga harakatni vakil amalga oshirayotgan bo‘lsa), shuningdek, kompaniyaning muhri. Quyidagi imtiyozlar ko‘zda tutilgan: 12% soliqni qaytarish va faoliyatni boshlash uchun 2 oygacha bepul ijara. Bozor eksport va importga yo‘naltirilgan bo‘lib, tadbirkorlar uchun mahsulotlarni o‘zlari tanlagan istalgan mamlakatlarga eksport qilish imkoniyatini yaratadi.
Do‘konlar AIRITOM Free Zone ma’muriyati shartlariga muvofiq faqat ijara shartlari asosida taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari pasport yoki shaxslarini tasdiqlovchi hujjat bilan AIRITOM Free Zonega bemalol tashrif buyurishlari mumkin. Barcha sotib olingan mahsulotlar belgilangan miqdor doirasida bojxona orqali to‘siqlarsiz olib chiqilishi mumkin.
Rezyumengiz va aloqa ma’lumotlaringizni @Airitom_HR telegram akkauntimizga yuboring yoki +998 77 066 11 33 raqami orqali biz bilan bog‘laning. Biz siz bilan aloqaga chiqib, mavjud ish o‘rinlari yuzasidan ma’lumot beramiz!
AIRITOM Free Zone – bu erkin iqtisodiy savdo markazi, shuningdek, «Hilton» mehmonxonasi, xostel, «Akfa Medline» klinikasi, «Ramiz» va «Meros» restoranlari hamda zarur bo‘lgan barcha qulay sharoitlarni o‘z ichiga olgan ko‘plab funksiyalarga ega hududdir!
AIRITOM Free Zonening boshqa bozorlarga nisbatan afzalligi shundaki, bu yerda tadbirkorlar nafaqat o‘z mahsulotlarini sotishlari, balki qo‘shni davlatlarga ham eksport qilishlari mumkindir. Shuningdek, bu yerda bozor tomonidan taqdim etilayotgan keng imkoniyatlardan foydalangan holda qulay biznes yuritish va uni yanada rivojlantirish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.