Mehmonxona

Hilton Garden Inn Termez AIRITOM — bu qulaylik va ishbilarmonlik imkoniyatlarining o’zaro uyg’unlashuvidir.

Mehmonxona to‘g‘ridan-to‘g‘ri AIRITOM Free Zone hududida joylashgan bo‘lib, bu hududning barcha infratuzilmasiga: biznes va logistika markazlaridan tortib, restoranlar va savdo maydonchalarigacha tezkor yetish imkonini ta’minlaydi. Keng nomerlar, xalqaro darajadagi restoran hamda zamonaviy anjumanlar zallari ishlash va dam olish uchun mukammal sharoitlarni yaratadilar.

Hilton Garden Inn Termez AIRITOM — maksimal qulay sharoitlardagi muvaffaqiyatli biznessingizning kalitidir.

O‘zbekiston Respublikasi, Surxondaryo viloyati, Termiz shahri

AIRITOM FREE ZONE  ijtimoiy tarmoqlarda:

Barcha savollaringiz bo‘yicha professional konsultatsiya va javoblar oling.

Talabnomangizni yuborganingiz uchun tashakkur!

Yaqin vaqt ichida operatorimiz siz bilan bog‘lanadi.

Barcha savollaringiz bo‘yicha professional konsultatsiya va javoblar oling.

Assalomu alaykum! Men virtual yordamchiman.
Sizga qanday yordam bera olaman?

Biz shahar markazidan 12 km uzoqlikda, Termiz tumani «Ayritom» mahallasidagi «Xayraton» chegara posti yonida joylashganmiz. Qulaylik uchun majmuamizgacha bepul avtobuslar qatnab turibdi. Yoningizda shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatingiz yoki pasportingiz bo‘lishi talab etiladi!

Do‘konlar faqat ijara asosida taqdim etiladi. Do‘konlar faqat ijaraga beriladi. Tadbirkorlar quyidagi hujjatlarga ega bo‘lishlari lozim: firma guvohnomasi, bank rekvizitlari, ishonchnoma (agar direktorning o‘rniga harakatni vakil amalga oshirayotgan bo‘lsa), shuningdek, kompaniyaning muhri. Quyidagi imtiyozlar ko‘zda tutilgan: 12% soliqni qaytarish va faoliyatni boshlash uchun 2 oygacha bepul ijara. Bozor eksport va importga yo‘naltirilgan bo‘lib, tadbirkorlar uchun mahsulotlarni o‘zlari tanlagan istalgan mamlakatlarga eksport qilish imkoniyatini yaratadi.

Do‘konlar AIRITOM Free Zone ma’muriyati shartlariga muvofiq faqat ijara shartlari asosida taqdim etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari pasport yoki shaxslarini tasdiqlovchi hujjat bilan AIRITOM Free Zonega bemalol tashrif buyurishlari mumkin. Barcha sotib olingan mahsulotlar belgilangan miqdor doirasida bojxona orqali to‘siqlarsiz olib chiqilishi mumkin.

Rezyumengiz va aloqa ma’lumotlaringizni @Airitom_HR telegram akkauntimizga yuboring yoki +998 77 066 11 33 raqami orqali biz bilan bog‘laning. Biz siz bilan aloqaga chiqib, mavjud ish o‘rinlari yuzasidan ma’lumot beramiz!

AIRITOM Free Zone – bu erkin iqtisodiy savdo markazi, shuningdek, «Hilton» mehmonxonasi, xostel, «Akfa Medline» klinikasi, «Ramiz» va «Meros» restoranlari hamda zarur bo‘lgan barcha qulay sharoitlarni o‘z ichiga olgan ko‘plab funksiyalarga ega hududdir!

AIRITOM Free Zonening boshqa bozorlarga nisbatan afzalligi shundaki, bu yerda tadbirkorlar nafaqat o‘z mahsulotlarini sotishlari, balki qo‘shni davlatlarga ham eksport qilishlari mumkindir. Shuningdek, bu yerda bozor tomonidan taqdim etilayotgan keng imkoniyatlardan foydalangan holda qulay biznes yuritish va uni yanada rivojlantirish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.